Telefon: +998 (62) 223-23-00
Email: xorazm.kysz@gmail.com
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Dunyo yetakchilari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan qutlamoqda
  • 31-авг-2023, 13:15
  • admin
  • 495
  • 0

Dunyo yetakchilari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan qutlamoqda

Ko‘p millatli xalqimiz hayotidagi muhim sana – davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni va obro‘sini yuksaltirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etgan.
Ta’kidlanganidek, yaqinda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy voqea – yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilingani xalqimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.
Tabriknomalarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling.
Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda erishgan yutuqlar barchaga ma’lum, O‘zbekiston jahon maydonida  katta nufuzga ega, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toshkentning MDH, SHHT, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxshi samara bermoqda.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni barcha sohalarda, do‘st xalqlarimiz farovonligi uchun, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirib borishimizga ishonaman.
Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman.
Hurmat bilan,
 
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
***

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Veb-saytimiz faoliyatini baholang